eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

TOKIODAN GAPIRAMIZ. 150 dan ortiq delegatsiya bosh shifokorlariga  musobaqalarni texnik jihatdan tashkil etish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Yaponiya poytaxti Tokio shahrida XVI yozgi Paralimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur nufuzli musobaqada o‘zbekistonlik paralimpiyachilar ham medallar uchun kurash olib bormoqda va bugun vakillarimizdan para suzish bo‘yicha Islam Aslanov 100 metr masofaga batterflyay usulida suzish bo‘yicha erkaklar o‘rtasida 3 o‘rinni egalladi va delegatsiyamizga dastlabki medalni olib berdi. Birinchi kundan medal qo‘lga kiritilishi ertaga startga chiqadigan sportchilarimiz uchun o‘ziga xos g‘alabaga undadi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Musobaqalar qizg‘in pallaga kirib borayotgan bir vaqtda, Tokio 2020 Paralimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan paralimpiya sport delegatsiyalarining bosh shifokorlari uchun amaliy anjuman va texnik yig‘ilish ham bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston paralimpiya delegatsiyasi bosh shifokori Nodirjon Tursunov ishtirok etdi. Pandemiyani inobatga olib, onlayn tashkil etilgan anjumanda zamonaviy paralimpiya sport tibbiyotining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashinildi. Jumladan, bu boradagi Rio-2016 Paralimpiya o‘yinlarida kuzatilgan va qayd etilgan sportchilarning kasalliklari, jarohatlari va patologik holatlari to‘g‘risida fikr yuritildi hamda taqdimotlar namoyish etildi.

Ushbu anjumanda 150 dan ortiq delegatsiya bosh shifokorlari va tibbiy xodimlar ishtirok etishdi. Anjumanning ikkinchi qismi Paralimpiada musobaqalarini texnik nuqtai-nazaridan tashkil etish masalalariga bag‘ishlandi. Unda eng yirik va sportchilar soniga ko‘ra odatdagiday ishtirokchilari ko‘p bo‘lgan para yengil atletika musobaqalarini tashkil etish, ularda tibbiy yordam ko‘rsatish va boshqa tashkiliy masasalalar muhokama qilindi.

Paralimpiya o‘yinlari boshlanishidan avval sport delegatsiyalari aʼzolaridan Paralimpiada tashkiliy qo‘mitasi tomonidan doping testlarni olish yo‘lga qo‘yilgan. O‘zbekiston paralimpiya terma jamoasining aʼzolari Tokioga yetib borishi bilan 19 ta doping-sinama topshirishdi, ulardan 22 avgust kuni 7 ta, 23 avgust kuni 9 ta va 24 avgust kuni 3 ta. Musobaqalardan oldin doping-sinamalarni topshirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlari oldidan doping isteʼmol qilgan sportchilarni musobaqalarga qo‘ymaslik hamda bu orqali halol raqobat va adolatli sport tamoyillarini taʼminlashdir.

“Bizning paralimpiyachilarimiz topshirgan barcha 19 ta doping-sinamalar doping nuqtai-nazaridan toza bo‘lib, ularning birontasida ham sportda taqiqlangan moddalar aniqlamadi. Yaʼni, O‘zbekiston paralimpiyachilari yuksak natijalar va sof g‘alabalarga erishish uchun faqat o‘zlarining imkoniyati va kuchi, irodasi, matonatiga ishonishadi. Biz esa ularga ishonamiz va omad tilaymiz!”, - dedi O‘zbekiston Paralimpiya delegatsiyasi bosh shifokori Nodirjon Tursunov.

Milliy antidoping agentligi

Matbuot xizmati

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish