Токио-2020 паралимпия ўйинлари спортчиларимиз учун омадли кечмоқда.
Дастлаб, para-yengil atletikaning F12 toifasida yadro uloqtirish bahslarida ishtirok etgan Elbek Sultonov bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Uning dastlabki urinishda qayd etgan 15.94 metr natijasi yakunda shohsupaga ko‘tarilishiga zamin yaratdi. Taʼkidlash joiz, bu Sultonov uchun yangi shaxsiy natija bo‘ldi. G‘oliblik jahon rekordini o‘rnatgan ispaniyalik Kim Lopesga (17.04) nasib etgan bo‘lsa, ukrainalik Roman Danilyuk (16.53) kumush medalga ega chiqdi.
Ayollar o‘rtasida para-yengil atletikaning nayza uloqtirish turida F13 klassida hamyurtimiz Nozimaxon Qayumova oltin медални qo‘lga киритди. Tajribali sportchimiz 42.59 metr natija bilan birinchi bo‘ldi.
Яна бир oltin medalini para-yengil atletikachimiz Mohigul Hamdamova qo‘lga киритди. У F57 toifasida disk uloqtirish bahsida qatnashdi ва 31.46 metr natija qayd etdi. Ushbu dasturda qatnashgan boshqa hech qaysi sportchi bu ko‘rsatkichga yaqin kela olmadi va Hamdamova Paralimpiya ўйинлари chempioniga aylandi.
Navbatdagi медални esa para-pauerlifting bo‘yicha ayollar o‘rtasida -61 kg vazn toifasida hamyurtimiz Ro‘za Qo‘ziyeva qo‘lga kiritdi. Quvonarlisi, Ro‘za 130 kg toshni bo‘ysundirgan holda kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Шундан сўнг, para-dzyudochimiz Parvina Samandarova delegatsiyamizga Токио-2020 Paralimpiya o‘yinlarining navbatdagi medalini taqdim qildi. -57 kg vazn toifasida kurashgan vakilimiz finalda ozarbayjonlik Sevda Valiyevaga qarshi bahs olib bordi va Samandarova vazari bahosi bilan imkoniyatni boy berib qo‘ydi ҳамда delegatsiyamiz hisobiga yana бир kumush медални taqdim qildi.
Яна бир para-dzyudochimiz Feruz Saidov delegatsiyamizning бироз аввал yakunlangan баҳсда oltin медални qo‘lga киритди. -81 kg vazn toifasida bahs olib borgan vakilimiz finalda qozog‘istonlik Temirjan Dauletni ippon bahosi bilan mag‘lub etib, Paralimpiya ўйинлари chempioniga aylandi.
Shu tariqa delegatsiyamiz hisobidagi oltin медаллар 4 taga yetmoqda!