eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Para dzyudo bo‘yicha umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladik

Xabaringiz bor, kecha Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida para dzyudo dasturi o‘z nihoyasiga yetdi.

Eʼtiborlisi, para dzyudochilarimiz 2 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan holda umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egallashdi.

Shu o‘rinda aytish lozimki, para dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga jami 12 nafar sportchi bilan yo‘l olgan edi. Shulardan 7 nafari erkaklar, 5 nafari ayollar. Afsuski, Tokio shahriga yetib borgach, 3 nafar para dzyudochimiz – Lobar Xurramova, Sevinch Salayeva hamda Vasila Aliboyevada koronavirus infeksiyasi aniqlandi va shu sababli ular musobaqada ishtirok eta olishmadi. Yana bir sportchimiz Shuhrat Boboyev esa bronza medali uchun bellashuvni davom ettirayotgan edi, biroq kutilmagan jarohat tufayli u ham kurashdan chiqdi. O‘ta og‘ir vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Shirin Sharipov esa hakamlar tomonidan raqibiga nisbatan qoidaga zid usulni qo‘llagani uchun diskvalifikatsiya qilindi. Vaholangki, unda ham medal olish imkoniyati yuqori edi. 

Shunga qaramasdan, tatamida haqiqiy iroda namoyish eta olgan O‘zbekiston para dzyudochilari umumjamoa hisobida Buyuk Britaniya, Eron va Braziliya kabi terma jamoalarni ortda qoldirishga erishdi.

Sovrindor sportchilarimiz bilan tanishing:

Erkaklar

-66 kg Uchqun Quronboyev – oltin

-73 kg Feruz Sayidov – oltin

-81 kg Dovurxon Karomatov – kumush

-100 kg Sharif Halilov – bronza

Ayollar

-57 kg Parvina Samandarova – kumush

-63 kg Nafisa Sheripboyeva - bronza

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish