Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarida sportchilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda.
Sportchilarimiz yurtdoshlarimizni o‘z g‘alabalari bilan xursand qilishda davom etishmoqda.
Albatta, sportchilarimiz musobaqaga qadar va musobaqa jarayonida jarohat olmasliklari kerak. Agar shunday bo‘ladigan bo‘lsa, uzoq 5 yil ko‘rilgan tayyorgarlik birgina xato sababli bekor bo‘lishi mumkin. Buni oldini olish maqsadida Xalqaro Olimpiya va Paralimpiya qo‘mitalari tomonidan sertifikatlangan Xalqaro toifadagi sport shifokori Nodirjon Tursunov yengil atletikachilarimizning salomatligi ustidan nazorat o‘rnatib, ularda o‘tkir kasalliklar va jarohatlarning oldini olish va malakali tibbiy yordamni tashkil etish va ko‘rsatish bilan bevosita shug‘ullanmoqda.
Xususan, Para Osiyo o‘yinlari chempioni, jahon chempionatlari va Gran-Prilar sovrindori, Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun 3 ta litsenziyani qo‘lga kiritgan yengil atletikachimiz tajribali sportchi Sabina Suxanovaning musobaqa davomida jarohatlanishining oldini olish bo‘yicha tegishli tibbiy profilaktik muolajasini o‘tkazdi.
Bu kabi say-harakatlar sportchilarimiz yuksak marralarni zabd etishi uchun asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Vakilamiz Sabina Suxanovaga ham omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!
Milliy antidoping agentligi
Matbuot xizmati