eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Tokio-2020: Shohsanamxon Toshpo‘latova finalda yoxud  Boburjonda oltin, Nurxonda esa bronza

Yaponiyada o‘tkazilayotgan Paralimpiya o‘yinlari musobaqalarida bugungi kun dasturida hozirga qadar 6 nafar sportchimiz o‘z ishtirokini yakunladi.

- Dastlab, para yengil atletikaning erkaklar o‘rtasida F41 klassida yadro uloqtirish bahslari hamyurtimiz Boburjon Omonov Paralimpiya rekordini yangilagan holda oltin medalga sazovor bo‘ldi. Boburjon 14.06 metr natija qayd etdi. Maʼlumot uchun aytib o‘tmoqchimiz, bu borada jahon rekordi ham aynan Omonovga tegishli. Boburjon BAAda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida 14.31 metr natija qayd etgan holda rekord o‘rnatgan edi.

- Yana bir vakilimiz Doniyor Saliyev para yengil atletikaning erkaklar o‘rtasida T12 klassida uzunlikka sakrash bahslarida ishtirok etdi. Qiziqarli va murosasiz kechgan kurashda hamyurtimiz Doniyor Saliyev 6.92 metr natija qayd etdi. Afsuski, bu medallar uchun biroz kamlik qildi va Doniyor musobaqani 4-o‘rinda yakunladi.

- Para suzishning S13 klassida 200 metr masofaga individual kompleks usulida suzish bo‘yicha saralash bahslarda ishtirok etgan hamyurtimiz Firdavsbek Musabekov startga chiqdi. Afsuski, u 2:18.78 daqiqa natija bilan marraga 5-bo‘lib yetib keldi va saralashdan o‘ta olmagan bo‘lsa, ayollar o‘rtasidagi bahslarda esa ikki nafar hamyurtimiz – Shohsanamxon Toshpo‘latova hamda Nigoraxon Mirzohidova ishtirok etdi. Shohsanamxon 2:30.42 daqiqa vaqt bilan marraga birinchi bo‘lib yetib kelgan bo‘lsa, Nigoraxon 2:40.44 daqiqa vaqt bilan 5-o‘rinda keldi. Final bahslariga faqatgina Toshpo‘latova yo‘l oldi.

Ayollar o‘rtasida S13 klassida 200 metr masofaga individual kompleks usulida suzish bo‘yicha final bahsi bugun Toshkent vaqti bilan soat 15:42 da boshlanadi.

- Biroz avval, para yengil atletikaning F54 klassida ayollar o‘rtasida yadro uloqtirish bo‘yicha final bahslari o‘z nihoyasiga yetdi. Eʼtiborlisi, bu yo‘nalishda bahslarda ishtirok etgan hamyurtimiz Nurxon Qurbonova 7.77 metr natija bilan bronza medalga sazovor bo‘ldi. Taʼkidlash kerakki, bu natija yadro uloqtirish bo‘yicha Nurxonning o‘z shahsiy rekordi hisoblanadi.

Ushbu natijadan so‘ng delegatsiyamiz hisobidagi medallar soni 14 taga yetdi: 5 ta oltin, 4 ta kumush va 5 ta bronza.

Qolgan sportchilarimizga ham omad tilaymiz. Olg‘a O‘zbekiston!

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish