AQSH antidoping agentligi (USADA) huzuridagi Axloq komissiyasining qaroriga ko‘ra, Liliya Shakirovaga 2 yillik diskvalifikatsiya jazosi qo‘llanildi.
Undan 2020 yil 5 dekabr kuni olingan doping-sinamasida sportda taqiqlangan “meldoniy” moddasi aniqlangan edi. Endi Liliya Shakirova 2022 yil 5 dekabrdan boshlab yana sportga qaytishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, “meldoniy” metabolizm modulyatori va gormoni hisoblanib, Butunjahon antidoping agentligining Taqiqlangan ro‘yxatiga 2016 yilda kiritilgan. Ushbu modda birinchi marta doping sifatida rossiyalik tennischi Mariya Sharapovada aniqlangan va natijada sportchi ikki yillik diskvalifikatsiya bilan jazolangan.
29-yoshli Shakirova UFC-254 turnirida 2020 yil oktyabr oyida birinchi chiqishini qilgan edi. UFC bilan shartnoma tuzishdan avval asli o‘zbekistonlik L.Shakirova asosan Rossiya Federatsiyasi nomidan oktagonga chiqib shu vaqtgacha 3 jangda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi.
Milliy antidoping agentligi
Matbuot xizmati