eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Paralimpiya o‘yinlari qahramonlari tantanali kutib olindi

Tokio-2020 XVI yozgi Paralimpiya o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib yurtimizga qaytib kelgan paralimpiyachilar kecha tantanali ravishda kutib olindi.

Maxsus reys bilan yurtimizga qaytib kelgan millat qahramonlari Toshkent-3 aeroportida mutasaddilar tomonidan yuksak hurmat ko‘rsatilgan holda kutib olindi.

Shundan so‘ng, sportchilar, murabbiylar va delegatsiya vakillari maxsus yo‘nalish bo‘ylab poytaxtimizning ko‘zga ko‘ringan joylarini sayr qilishdi va yaqinda barpo etilgan “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurishdi.

Marosimning asosiy qismi yaʼni g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimiga navbat keldi. U yerda sportchilarning ota-onalari, yaqinlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlari g‘oliblariga Prezident sovg‘alari – oltin medal egalariga «Tahoe» avtomobili va Toshkent shahridan 3 xonali uy, kumush medal egasiga «Traverse» avtomobili va 2 xonali uy, shuningdek bronza medal egalariga «Trailblazer» avtomobili va 1 xonali uy kalitlarini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilovlar topshirishdi.

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish