eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

O‘zbekistonlik kurashchining doping-sinamasida taqiqlangan modda aniqlandi.

U ayollar kurashi bo‘yicha joriy yilning aprel oyida Qozog‘istonda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritgan edi.

Butunjahon antidoping agentligi hamda Xalqaro kurash sport turlari uyushmasining xabariga ko‘ra, o‘zbekistonlik kurashchi Madina Usmonjonovaning (55kg) doping-sinamalaridan “furosemid” taqiqlangan moddasi aniqlandi.

Ushbu modda Taqiqlangan ro‘yxatning “S5. Peshob haydovchi moddalar va yashiruvchi agentlar” sinfiga mansub bo‘lib, odatda undan qisqa fursatda vazn yo‘qotish yoki boshqa taqiqlangan moddalarni isteʼmol qilganini yashirish maqsadida foydalaniladi.

Shuni taʼkidlash joizki, "furosemid" moddasi m.Usmonjonovada ikki marta – 2021 yil 15 aprelda Qozog‘istonning Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan ayollar kurashi bo‘yicha Osiyo chempionatida hamda 2021 yil 21 avgust kuni o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida olingan doping-testlar tarkibida mavjudligi aniqlangan.

Hozirda Xalqaro kurash sport turlari uyushmasining antidoping xizmati tomonidan ushbu holat yuzasidan tekshiruv va o‘rganish ishlari boshlangan. Tekshiruv yakuniga yetgach sportchiga qanday chora ko‘rilishi bo‘yicha xabar beriladi.

Milliy antidoping agentligi

Matbuot xizmati

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish