eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

O‘zMADA xodimlari “22 sentyabr – Xalqaro avtomobilsiz kun”ni yuqori kayfiyatda nishonlashdi

Bugun jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, kasalliklarning oldini olish, aholining keng qatlami, ayniqsa yoshlar, ayollar va keksalarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga jalb etish, ommaviy sportning inson va oila hayotidagi muhim ahamiyati, uning jismoniy va maʼnaviy salomatligi asosi ekanini targ‘ibot qilish borasida muhim va dolzarb vazifalar turibdi.

Davlatimiz rahbari boshchiligida sohada amalga oshirilayotgan islohotlar sabab odamlarning sport bilan shug‘ullanishga, sog‘lom turmush tarziga rioya qilishga bo‘lgan qiziqishi ortib bormoqda. Turli marafonlar va musobaqalarning o‘tkazilishi hamda ularga bo‘lgan qiziqishning ortib borayotgani shundan dalolat beradi.

Shunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 735-son qarori bilan har yili 22 sentyabr O‘zbekistonda “Avtomobilsiz kun” deb eʼlon qilindi.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi bosh direktori Nodirjon Tursunov boshchiligidagi Agentlik xodimlari mazkur kunni yuqori kayfiyatda nishonlash maqsadida sog‘lom turmush tarziga amal qilgan holda erta tongni jismoniy mashqlar bilan boshlashdi.

Jumladan, piyoda yurish, ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari, shaxmat musobaqasi hamda asli vatani Yaponiya bo‘lgan takivoli sporti bilan ham shug‘ullanishdi. Shaxsiy namuna ko‘rsatgan holda N.Tursunovning xodimlar bilan bir qatorda qiziqarli mashg‘ulotlarda ishtirok etgani esa xodimlarga o‘ziga xos kayfiyat bag‘ishladi.

Alohida taʼkidlab o‘tishimiz lozim, Agentlik xodimlarining asosiy qismi sportga begona bo‘lmagan kishilardan tashkil topgan. Misol uchun Antidoping qoidabuzarliklar va ADAMS monitoringi bo‘lim boshlig‘i N.Azamatova ham tennis bo‘yicha sport ustasi hisoblanadi. U o‘z hamkasblariga tennis saboqlarini o‘rgatib kelmoqda.

Bir so‘z bilan aytganda sport sog‘lomlik sari yetaklaydi, kayfiyatni yaxshilaydi va aqliy mehnatdan toliqqan insonlarga kuch bag‘ishlaydi.

Maʼlumot o‘rnida, butun jahon bo‘ylab Avtomobilsiz kun har yili 22 sentyabr kuni o‘tkazilib, insonlarni bir kun davomida avtomobilsiz yurishga bu orqali sog‘lom turmush tarziga chorlaydi. Bu yo‘nalishdagi loyihalar 1973 yildagi neft inqirozidan so‘ng vaqti-vaqti bilan amalga oshirilgan bo‘lsa, rasman 1994 yil oktyabr oyida Erik Britton xalqaro tadbirdagi maʼruzasida bunga chaqiruv eʼlon qilgan edi. Bu g‘oya 1955 yildan boshlab jahon bo‘yicha norasmiy tarzda o‘tkaziladi va Jahon Avtomobilsizlik Tizimi tomonidan boshqariladi.

Mamlakatimiz poytaxti Toshkent shahrida ham “Avtomobilsiz kun” doirasida bir qator tadbirlar o‘tkazilmoqda. Jumladan, O‘zbekistonda ichki turizmni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, velosipedni transport sifatida ommalashtirish, shahar aholisi o‘rtasida ekologik madaniyatni targ‘ib etish maqsadida "Tungi velosayr" festivali tashkil etilmoqda.

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish