eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilardan doping-sinamalar olindimi, natijalar qanday?

Xabaringiz bor, uzoq besh yil kutilgan Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari joriy yilning iyul-avgust va Paralimpiya o‘yinlari avgust-sentyabr oylarida bo‘lib o‘tdi.

O‘yinlar davomida O‘zbekiston sport delegatsiyalari aʼzolari musobaqadan oldin va musobaqa davrida o‘rnatilgan tartibda qon va peshobdan doping-sinamalar topshirishdi.

Taʼkidlash joizki, galdagi Olimpiada va Paralimpiada musobaqadan oldin olingan doping-sinamalar soni avvalgi o‘yinlarga nisbatan sezilarli darajada ko‘p bo‘lib, buning asosiy maqsadi bevosita musobaqalarga imkon qadar toza, dopingdan xoli sportchilarni qo‘yish orqali sog‘lom raqobat hamda sportda yuqori darajali shaffoflikni taʼminlash edi va natijaga erishildi.

O‘zbekistonlik Olimpiya spotchilardan jami 16 ta doping-sinama olinib, ulardan 11 tasi musobaqadan oldin va 5 tasi musobaqa davriga to‘g‘ri keldi. Paralimpiya sportchilarimizdan esa jami 39 ta doping-sinama olindi, ulardan 21 tasi musobaqadan oldin va 18 tasi musobaqa davriga to‘g‘ri keldi.

Musobaqadan oldin olingan tezkor doping-sinamalarning barchasida taqiqlangan moddalar aniqlanmaganligi bois sportchilarimiz bahslarda ishtirok etishdi. Musobaqa davomida medal va sovrinli o‘rinlarga sazovor bo‘lgan hamda rekord o‘rnatgan sportchilarimiz doping-tekshiruvidan o‘tishdi. Odatda ular tezkor tahlil qilinmasligi uchun ularning natijalari o‘yinlardan keyin vaqt o‘tgach, belgilangan muddatlarda maʼlum bo‘ladi.

Milliy antidoping agentligi

Matbuot xizmati

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish