eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Yangi o‘quv yilidagi dastlabki qadam Qarshi OZKga bo‘ldi

O‘zbekiston Milliy antidoping agentligining asosiy vazifalaridan biri sportchilarning dopingsiz musobaqalarda qatnashish uchun asosiy huquqlarini himoya qilishdir.

Bu yo‘lda esa Agentlik tomonidan ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, har bir ustuvor federatsiya va assotsosiatsiyalar, sport taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan holda antidoping qoidabuzarliklari, dopingni sportchi salomatligiga taʼsiri va oqibati haqida onlayn va oflayn o‘quv-seminarlar o‘tkazib kelinmoqda.

Bevosita sportchilar bilan birga ularni murabbiylari va sport shifokorlariga ham Butunjahon antidoping agentligi tomonidan ishlab chiqilayotgan qoidalar bilan tanishtirish maqsadida suhbatlar ham tashkil etib kelinmoqda.

Shunday o‘quv-seminarlardan biri Qashqadaryo viloyati Qarshi olimpiya zaxiralari kolleji murabbiylari va o‘quvchilari bilan onlayn tarzda tashkil etildi.

Onlayn seminarda Agentlik xodimlari sportda doping qo‘llanilishining oldini olish va dopingga qarshi kurashish sohasida faollik ko‘rsatishlari lozimligiga alohida to‘xtalib o‘tishdi.

Yangi o‘quv yili boshlangandan so‘ng sport taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda bunday seminarlar soni ortib boraveradi O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi esa o‘z vazifasini bajarishda davom etadi.

 Eslatma! Antidoping qoidalarini buzgan sportchilar, murabbiylar, shifokorlar va boshqa shaxsiy tarkib vakillari uchun jazo muqarrardir!.

Milliy antidoping agentligi

Matbuot xizmati

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish