To‘rt yillikning nufuzli musobaqasi hisoblangan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari dunyo bo‘ylab og‘ir vaziyat bo‘lishiga qaramay o‘tkazildi.
Ushbu o‘yinlarda asosiy eʼtibor sportchilarning doping isteʼmol qilganini aniqlash va bu orqali halol raqobatni yuzaga keltirishga qaratildi. Buning uchun sportchilardan musobaqalardan oldin va musobaqadan so‘ng doping-sinamalar olindi. Musobaqadan oldin doping-testlarini olishning asosiy sababi sportchi sportda taqiqlangan moddalarni isteʼmol qilmaganligiga ishonch hosil qilish bo‘lgan bo‘lsa, musobaqadan so‘ng esa olinganini sababi sovrindor sportchilar bevosita musobaqa jarayonida doping isteʼmol qilmaganligini aniqlashdan iborat edi.
Shunday say-harakatlar amalga oshirilishiga qaramay ayrim delegatsiya vakillari buning yo‘lini topishgan. Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida 4x100 metrli estafeta bahsida kumush medal sovrindori britaniyalik sprinter Chidjindu Udjning doping-sinamasida taqiqlangan moddalar – selektiv modulyatorlar “ostarin” hamda S-23 “mastorin” aniqlangan. “ostarin” mushak atrofiyasi, “mastorin” esa kontratseptiv vosita sifatida davolashda qo‘llaniladi, lekin ikkala dori vositasi ham sportda taqiqlangan ro‘yxatdan joy olgan.
Sportchi va uning vakillarining fikriga ko‘ra, Udjning organizmiga ushbu doping u isteʼmol qilgan sport ozuqalari va bioqo‘shimchalar orqali kirgan.
Mazkur vaziyatni Oliy sport arbitraj sudi (CAS) ko‘rib chiqadigan bo‘ldi. Sportchining aybi sud tomonidan tasdiqlansa, nafaqat Chijindu Udj, balki britaniyalik estafeta to‘rtligining har bir aʼzosi medallardan mahrum bo‘ladi. Shunda kanadalik sportchilar mos ravishda ikkinchi o‘ringa, xitoylik estafetachilar esa uchinchi o‘ringa ko‘tariladi.
Milliy antidoping agentligi
Matbuot xizmati