O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi tomonidan federatsiya va assotsiatsiyalar va sport taʼlim muassasalarida mashg‘ulotlarni olib borayotgan sportchilar, sport shifokorlari hamda murabbiylarga “Doping va uning sportchi salomatligiga taʼsiri” mavzusida o‘quv-seminarlari o‘tkazib kelinmoqda.
Navbatdagi seminar Navoiy Olimpiya zaxiralari kollejida tashkil etildi. Onlayn ZOOM platformasi orqali tashkil etilgan seminarda agentlikning Antidoping taʼlim dasturlari bo‘limi boshlig‘i Zebiniso Gaziyeva yig‘ilish ishtirokchilariga ADAMS tizimi, terapevtik istisno hamda antidoping qoidabuzarliklar to‘g‘risida tushunchalar berdi.
O‘z navbatida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilishdi va Z.Gaziyeva tomonidan kerakli tavsiyalar berildi. Bunday o‘quv-seminarlar barcha hududlarda o‘tkazib kelinmoqda.
Eslatma! Antidoping qoidalarini buzgan sportchilar, murabbiylar, shifokorlar va boshqa shaxsiy tarkib vakillari uchun jazo muqarrardir!.
Milliy antidoping agentligi
Matbuot xizmati