Poytaxtimizda joylashgan Respublika olimpiya zaxiralari kolleji har yili jahon, Osiyo va mamlakat chempionlarini yetishtirib chiqaradi.
Mazkur dargohda murabbiylardan sport sir-asrorlarini o‘rgangan o‘quvchilar kelajakda oliy taʼlim muassasasini tamomlab sportchi hamda murabbiylikda faoliyat olib borishlari mumkin. Bunday yosh, iqtidorli sportchilarni kelajakda yetuk bo‘lib voyaga yetshalarida esa yoshlikdan to‘g‘ri, halol shurashishga o‘rgatish asosiy omil hisoblanadi.
Shu maqsadda, O‘zbekiston Milliy antidoping agentligining Antidoping taʼlim dasturlari bo‘limi boshlig‘i Z.Gaziyeva va bo‘lim mutaxassisi L.Egamberdiyevalar “Doping va uning sportchi salomatligiga taʼsiri” mavzusida o‘quv-seminar o‘tkazishdi.
Mazkur o‘quv-seminarda yakkakurash sport turlari bo‘yicha tahsil olayotgan o‘quvchi-sportchilar ishtirok etishdi. Seminar davomida o‘quvchilar o‘rtasida doping tushunchasini qay darajada bilishi to‘g‘risida qiziqarli savol javoblar ham o‘tkazildi va g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar munosib taqdirlanishdi.
Bunday o‘quv-seminarlar Agentlik tomonidan respublikamiz bo‘ylab, onlayn va oflayn tarzda muntazam o‘tkazib kelinmoqda.
Eslatma! Antidoping qoidalarini buzgan sportchilar, murabbiylar, shifokorlar va boshqa shaxsiy tarkib vakillari uchun jazo muqarrardir!.
Milliy antidoping agentligi
Matbuot xizmati