eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Dzyudo: Diyorbek Urozboyevdan olingan doping-sinamada taqiqlangan modda aniqlandi va 3 yilga diskvalifikatsiya qilindi

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aʼzosi, Rio-2016 Olimpiya o‘yinlari sovrindori, Osiyo o‘yinlari g‘olibi, Osiyo chempionati kumush medali hamda ko‘plab turnirlarda ishonchli g‘alabalarga erishgan sportchi Diyorbek Urozboyevdan olingan doping-sinamada taqiqlangan modda aniqlangan.

Diyorbek Urozboyev O‘zbekiston Milliy antidoping agentligining “Milliy test ro‘yxati”ga kiritilgan bo‘lib, rejali tarzda doping-nazoratidan o‘tishi belgilangan. Joriy yilning 6 may kuni sportchidan musobaqadan tashqari davrda doping-sinama olingan edi.

Tekshiruv natijasida sportchi tomonidan Butunjahon antidoping kodeksi va O‘zbekiston Milliy antidoping qoidalarining 2.1-moddasida ko‘rsatilgan antidoping qoidabuzarligi sodir etilgan yaʼni “Meldonium” taqiqlangan moddasi isteʼmol qilinganligi aniqlangan.

“Meldonium” taqiqlangan moddalar ro‘yxatining S4. Gormonlar va metabolizm modulyatorlari sinfiga mansub hisoblanadi.

Natijada Urozboyev 3 yil muddatga diskvalifikatsiya qilindi. Diskvalifikatsiya 2021 yil 16 avgustdan 2024 yil 15 avgustga qadar etib belgilandi.

Dzyudochi diskvalifikatsiya muddati tugaganga qadar Butunjahon antidoping kodeksi va O‘zbekiston Milliy antidoping qoidalarining 2.1-moddasida belgilab qo‘yilganidek, xalqaro va milliy toifadagi musobaqalarda ishtirok etishi taqiqlanadi.

Milliy antidoping agentligi

Matbuot xizmati

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish