Bugun O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi rahbari Nodirjon Tursunov O‘zbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchixonasida tashkil etilgan saylov uchastkasiga tashrif buyurib, mamlakatimiz prezidentligiga nomzodlardan biriga o‘z ovoz bergan holda fuqarolik burchidan foydalandi.
"Saylovda ishtirok etish har bir vatandoshimizning nafaqat konstitutsiyaviy huquqi, balki fuqarolik burchidir. Parijda joylashgan O‘zbekiston elchixonasida xizmat, o‘qish, sayohat va boshqa sabablarga ko‘ra bu yerda bo‘lib turgan vatandoshlarimiz saylovda ishtirok etishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan ekan. Qayerda bo‘lmaylik, hammani saylovda faol ishtirok etishlarini so‘rayman", - deya taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi N.Tursunov.
Eslatib o‘tamiz, 25-28 oktyabr kunlari Parij shahrida joylashgan YUNESKO Bosh qarorgohida Sportda dopingga qarshi kurash Xalqaro konvensiyasiga aʼzo davlatlar anjumanining VIII Sessiyasi bo‘lib o‘tadi.
Sessiyada mazkur Konvensiyaga muhim o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha bir qator masalalar muhokama qilinib, uning ishida O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi bosh direktori, Markaziy Osiyo bo‘yicha Mintaqaviy antidoping tashkiloti (RADOCA) vitse-prezidenti Nodirjon Tursunov ham ishtirok etadi.
Milliy antidoping agentligi
Matbuot xizmati