Nukus olimpiya zaxiralari kolleji rahbarlari, sport murabbiylari va sportchi-o‘quvchilar uchun "Doping tarixi. Dopingning organizmga salbiy taʼsiri" mavzusida seminar o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi tomonidan Nukus olimpiya zaxiralari kolleji rahbarlari, sport murabbiylari va sportchi-o‘quvchilar uchun "Doping tarixi. Dopingning organizmga salbiy taʼsiri" mavzusida seminar o‘tkazildi.
Mazkur o‘quv-seminarni Agentlikning Antidoping taʼlim dasturlari bo‘limi boshlig‘i Z.Gaziyeva va bo‘lim mutaxassisi L.Egamberdiyevalar onlayn ZOOM platformasi orqali olib borishdi.
Bunday o‘quv-seminarlar Agentlik tomonidan respublikamiz bo‘ylab, onlayn va oflayn tarzda muntazam o‘tkazib kelinmoqda.