Velopoyga bo‘yicha Buyuk Britaniya paralimpiya terma jamoasi aʼzosi doping isteʼmoli uchun 3 yilga diskvalifikatsiya qilindi.
Ko‘zi ojiz velopoygachi Erin Makbrayd 2021 yil mart oyida o‘quv-mashg‘ulot davomida topshirgan doping-sinamasida “ostarin” taqiqlangan moddasi aniqlanganidan keyin uch yilga diskvalifikatsiya qilindi.
Ushbu holat bo‘yicha olti oy davomida tekshirish va surishtiruv ishlari olib borilgan.
23-yoshli Makbrayd avval paralimpiya yengil atletikasi bilan shug‘ullanib, 16 yoshida ko‘zi ojizlar o‘rtasida 400 metr masofaga yugurish bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan. Bu yil velosportga o‘tgach, deyarli o‘sha zahoti dopingda qo‘lga tushdi.
Maʼlumot uchun aytib o‘tmoqchimiz, “ostarin” taqiqlangan moddasi shuningdek Tokio 2020 olimpiadasida britaniyalik sprinter Chidjindu Udjda ham aniqlangandi.