eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Kurash jahonga yuz tutmoqda yoxud polvonlarimiz doping haqida tushunchaga egami?

O‘zbek milliy kurashini jahon miqyosida namoyish etish va Olimpiya o‘yinlariga kiritish rejalashtirilgan. Buning uchun esa albatta sportchilarimizdan ko‘proq o‘quv-mashg‘ulotlarda ishtirok etish va o‘zlariga bo‘lgan ishonchni orttirish talab etiladi.

Buyuk ajdodlarimizdan meros bo‘lgan kurashning boy anʼanalari va qadriyatlarini kelajak avlodlarga yetkazish, o‘zbek sporti brendi nomi bilan kurashning jahon arenasidagi rolini oshirish, yoshlarni ushbu milliy sport turimizga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish orqali ularda vatanparvarlik tuyg‘usini yana-da mustahkamlash, aholining barcha qatlamlari, ayniqsa yoshlarning, shuningdek, jahon xalqlarining mazkur sport turi bilan shug‘ullanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 noyabrdagi “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi.

 Mazkur qaror qabul qilingandan so‘ng mamlakatimizda kurashga bo‘lgan eʼtibor yana ortdi. Ko‘plab Xalqaro va respublika musobaqalari o‘tkazilib kelinmoqda. O‘zbek milliy kurashini jahon miqyosida namoyish etish va Olimpiya o‘yinlariga kiritish rejalashtirilgan. Buning uchun esa albatta sportchilarimizdan ko‘proq o‘quv-mashg‘ulotlarda ishtirok etish va o‘zlariga bo‘lgan ishonchni orttirish talab etiladi.

 Hozirda kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aʼzolari Toshkent shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etishmoqda. O‘zbek sporti bo‘lgan kurashni dunyoga tanitish uchun esa sportchilardan halol kurashish talab etiladi.

 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi ham sportchilar sportda taqiqlangan moddalarni isteʼmol qilishini oldini olish maqsadida "Doping va uning sportchi organizmida salbiy taʼsiri" mavzusida seminar o‘tkazishdi.

 Seminar davomida sportchilarga doping to‘g‘risida qay darajada tushunchaga ega ekanliklarini aniqlash maqsadida tarqatma testlar ham berildi. Shuningdek, o‘quv-seminar yakunida polvonlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qilishdi va kerakli tavsiyalarni olishdi.

Milliy antidoping agentligi

Matbuot xizmati

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish