Avval xabar berganimizdek, Fransiyaning Parij shahrida joylashgan YUNESKO bosh qarorgohida Sportda dopingga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro konvensiyaga aʼzo davlatlarning VIII Sessiyasi davom etmoqda.
Anjumanda O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari, Milliy antidoping agentligi bosh direktori va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy antidoping tashkiloti vitse-prezidenti Nodirjon Tursunov hamda O‘zbekiston Respublikasining Fransiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Umid Shodiyevlar ishtirok etishmoqda.
Tadbirning bugungi kun tartibida xalqaro konvensiyaga munosiblik bo‘yicha milliy antidoping platformalarning hisobotlarini tinglash, davlatlar va hududlar miqyosida soha bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarga baho berish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, kun tartibidan Byurolar raislari, rais o‘rinbosarlari va vakillarini, qolaversa, kelgusi IX Sessiya Prezidenti va kotibiyatini saylash kabi masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Milliy antidoping agentligi
Matbuot xizmati