O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi xalqaro tashkilotlar bilan muntazam ravishda hamkorlikda faoliyat olib boradi.
Kuni kecha Butunjahon antidoping agentligi bilan hamkorlikda Koreya milliy antidoping agentligi (KADA) tomonidan tashkil etilgan Osiyo global antidoping seminari bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi Bosh direktori Nodirjon Tursunov boshchiligida Agentlik mutaxassislari ham faol ishtirok etishdi.
Bunday seminarlar muntazam o‘tkazib kelinishini inobatga olgan holda, galdagi seminar doping-sinovlarini samarali rejalashtirish va sportchilardan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari va musobaqalar davomida doping-testlar olishni yana-da takomillashtirish masalalariga bag‘ishlandi.
Tadbirda ko‘tarilgan mavzular bo‘yicha Buyuk Britaniya (UKAD), Avstraliya (AUSADA), Koreya (KADA) va Yaponiya (JADA) milliy antidoping agentliklari amaliyoti namuna sifatida ko‘rsatildi va o‘zaro fikr almashinildi.