O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan missiyalar davom etmoqda. Agentlikning Antidoping taʼlim dasturlari bo‘limi tomonidan Guliston Olimpiya zaxiralari kolleji sportchi-o‘quvchilari uchun ZOOM platformasi orqali o‘quv-seminar o‘tkazildi.
"Doping tarixi. Dopingning organizmga salbiy taʼsiri" mavzusida o‘tkazilgan onlayn seminarda mutaxassislar tomonidan sportchilarga tushunchalar berildi hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.
Shuningdek, seminar davomida tinglovchilar “doping” so‘zining maʼnosi, dopingning kelib chiqish tarixi va sportchi salomatligiga ko‘rsatadigan nojo‘ya taʼsiri haqida maʼlumotlarga ham ega bo‘lishdi.