O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi xodimlari tomonidan sambo bo‘yicha jahon chempionati oldidan antidoping masalalari bo‘yicha yig‘ilish tashkil etildi.
Xabaringiz bor, joriy yilning 12-14 noyabr kunlari poytaxtimiz Toshkent sambo bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Mazkur musobaqada mamlakatimiz sharafini 20 dan ortiq sportchilarimiz o‘z vazn toifalari bo‘yicha himoya qilishadi.
Hozirda Toshkent viloyatida so‘ngi o‘quv-mashg‘ulotlarini olib borayotgan terma jamoa aʼzolariga Agentlik tomonidan sportda taqiqlangan moddalar sportchilarning umumiy holatiga taʼsir etishi mumkin bo‘lgan vaziyatlar haqida tushuntirishlar berildi.
O‘z navbatida, jahon chempionatiga tayyorlanayotgan sambochilarimiz o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va mutaxassislardan kerakli tavsiyalarni olishdi.
Oldinda turgan katta sport bayramida sportchilarimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!
Milliy antidoping agentligi
Matbuot xizmati