Xabaringiz bor, joriy yilning 12-14 noyabr kunlari poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuasi sambo bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Bugun ushbu musobaqaga start beriladi.
Mazkur musobaqada mamlakatimiz sharafini 20 dan ortiq sportchilarimiz o‘z vazn toifalari bo‘yicha himoya qilishadi.
46-bor o‘tkazilayotgan jahon chempionatida 50 ga yaqin davlatlardan tashrif buyurgan erkaklar, ayollar va jangovar sambo yo‘nalishida 400ga yaqin sportchilar birinchilik uchun kurash olib borishadi.
O‘z navbatida O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi ham o‘ziga yuklatilgan missiyani bajarishga kirishadi. Taʼkidlab o‘tmoqchimiz, sportda taqiqlanggan moddalarni isteʼmol qilmasdan halol kurashgan sportchigina o‘z maqsadiga yetadi.
Oldinda turgan musobaqada barcha sportchilarga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!
Milliy antidoping agentligi
Matbuot xizmati