Sportchilardan doping-sinamlar olish O‘zbekiston Milliy antidoping agentligiga ishonib topshirildi.
Toshkent shahri mezbonligida o‘tgan sambo bo‘yicha erkaklar, ayollar va jangovar sambo bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar munosib ishtirok etishdi. Taʼkidlash lozim, O‘zbekiston sambochilari ilk marotaba jahon chempionatida umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallashdi. Bu o‘zbek sambosi uchun tarixiy natija hisoblanadi. Vakillarimiz umumiy hisobda 11 ta medal qo‘lga kiritishdi (3 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza). Mamlakatimizda o‘tkazilgan bundan yirik musobaqa yuqori saviyada tashkil etilganligini xorijiy mehmonlar ham alohida taʼkidlab o‘tishdi.
Chempionat saviya jihatidan yuqori turuvchi musobaqa hisoblanishini inobatga olib, sportchilardan doping-sinamlar olish O‘zbekiston Milliy antidoping agentligiga ishonib topshirildi. Agentlik xodimlari ham bildirilgan ishonchni oqlash uchun bor mahoratlarini ishga solishdi.
Xalqaro sambo federatsiyasi bilan kelishgan holda, chempionatda 1-2 o‘rinni qo‘lga kiritgan hamda ixtiyoriy tanlov asosida sportchilardan doping-sinamalar olindi.
Uch kun davom etgan musobaqada o‘rtacha har kuni 10 tadan va umumiy 30 nafar sambochidan doping-sinamalar olindi. Agentlik faoliyatiga ko‘maklashish va bevosita kuzatuvchilik qilgan Xalqaro Sambo federatsiyasi (FIAS) antidoping bo‘limi boshlig‘i Kamila Xajkova ham Agentlik ishini yuqori baholadi va o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Milliy antidoping agentligi
Matbuot xizmati