eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Biz uchun muvaffaqiyatli kechgan jahon kubogida Agentlik ham o‘z missiyasini bajardi

 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi navbatdagi missiyani ham muvaffaqiyatli yakunladi.

Joriy yilning 12-14 noyabr kunlar kattalar o‘rtasida sambo bo‘yicha jahon chempionati mamlakatimizda o‘tkazilgan edi. Ushbu musobaqada sportchilardan doping sinamalarni olish O‘zbekiston Milliy antidoping agentligiga ishonib topshirilgan va agentlik xodimlari bildirilgan ishonchni oqlashgan edi.

Navbatdagi xalqaro musobaqa qilichbozlikning sabliya yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon kubogiga poytaxtimiz Toshkent shahri mezbonlik qildi. Mazkur chempionatda sportchilardan doping-sinamalarni olish agentlikka ishonib topshirildi. Agentlik xodimlari bildirilgan ishonchni oqlashdi. Umumiy hisobda yakkalik va jamoaviy bahslarda ishtirok etgan ikki nafar sportchidan ixtiyoriy tanlov asosida doping-sinamalar olindi.

Alohida taʼkidlab o‘tishimiz lozim, mazkur musobaqada vakillarimiz ishonchli ishtirok etdi. Iqtidorli sportchimiz Zaynab Dayibekova barcha raqiblaridan ustun keldi va oltin medalni qo‘lga kiritgan edi. Kecha esa qizlarimiz Zaynab Dayibekova, Guliston PardibayevaSamira Shakirova hamda Venera Isroilova juftligi MisrBolgariya va rossiyalik raqibalarini mag‘lubiyatga uchratgan holda oltin medalni qo‘lga kiritishdi.

Ushbu muvaffaqiyat bilan barcha sportchi va sport mutasaddilarini tabriklaymiz!

 Milliy antidoping agentligi

Matbuot xizmati

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish