eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

“Yashil makon” umummilliy loyihasi barchani birlashtirmoqda

Bugungi kunda yashil olamni saqlash va ko‘paytirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasini puxta tayyorgarlik bilan boshlash tashabbusi ilgari surilgan edi. Ushbu loyiha doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish va shu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni amaldagi 8 foizdan 30 foizga oshirish reja qilingan.

Atrof muhit muhofazasi, hududlarni obodligi, tabiatni asrashga bo‘lgan xayrli tashabbus loyihasi ona tabiat musaffoligiga yurtimizdagi yashil manzillar sonini ortishga hissa qo‘shish istagidagi barchani birlashtirmoqda. Yosh avlod ongida ekologik muammolarga nisbatan daxldorlik xissini shakllantirish kun tartibidagi masalalardan bo‘lib turibdi.

Mazkur loyihani qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi tomonidan Olmazor tuman “Olimpiya” MFY hududiga “Yashil makon” loyihasi asosida 5 ta buta hamda 60 tup Pavluniya manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Mazkur xayrli tashabbusda Agentlik xodimlari bilan birga “Olimpiya” MFY istiqomat qiluvchi yetti yoshdan yetmish yoshgacha bo‘lgan aholining barcha qatlam vakillari o‘z hissalarini qo‘shishdi. Tashabbus 10 dekabrga qadar davom etadi.

Ushbu “dolzarb 40 kunlik” ko‘chat ekish aksiyasida siz ham faol ishtirok eting hamda o‘zingiz va yaqinlaringiz salomatligini asrang.

Milliy antidoping agentligi

Matbuot xizmati

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish