eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Osiyo chempionatiga tayyorgarlik olib borayotgan dzyudochilarga doping haqida tushunchalar berildi

O‘zbekiston Milliy antidoping agentligining asosiy vazifasi sportchilarning dopingsiz musobaqalarda qatnashish uchun asosiy huquqlarini himoya qilishdir. Shu maqsadda Agentlik tomonidan ko‘plab ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi taklifiga binoan hozirda Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan o‘smirlar va yoshlar terma jamoamiz sportchilariga doping haqida tushunchalar berildi.

O‘quv-seminar davomida dzyudochilarga sportda taqiqlangan moddalar, ADAMS tizimi, terapevtik qo‘llash hamda doping test jarayoni to‘g‘risida mutaxassislar tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Ushbu tarkibdagi yoshlarni asosiy qismi endigina katta sportga qadam qo‘yayotgan umidli sportchilar hisoblanadi. Ularga hozirdan dopingni inson salomatligiga jiddiy tasiri borligi, asoratlari to‘g‘risida tushuntirish ishlarini olib borish ayni to‘g‘ri yo‘l hisoblanadi.

Seminar davomida sportchilarni ko‘proq doping test jarayoni qiziqtirdi va mutaxassislar tomonidan ayni shu jarayon ko‘rsatib berildi. O‘quv-seminar yakunida sportchilarga maxsus tayyorlangan tarqatma materiallar taqdim etildi.

Milliy antidoping agentligi

Matbuot xizmati

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish