eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

“Taqiqlangan ro‘yxat-2022”da 5 ta o‘zgartirish va 4 ta qo‘shimcha kiritildi

Markaziy Osiyo bo‘yicha Mintaqaviy antidoping tashkiloti (RADO-CA)ning navbatdagi onlayn yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda, 2022 yil 1 yanvardan boshlab “Taqiqlangan ro‘yxat”ga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar muhokama qilindi.

Tadbirni RADO-CA menejeri Venera Abdula va Butunjahon antidoping agentligi (WADA)ning Ilmiy-tadqiqotlar departamenti boshlig‘i Chiya Olbrayt olib bordi. Mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi Bosh direktori Nodirjon Tursunov va  Antidoping qoidabuzarliklar va ADAMS monitoringi bo‘limi boshlig‘i Nigora Azamatovalar ishtirok etishdi.

2022 yil 1 yanvardan kuchga kiradigan “Taqiqlangan ro‘yxat”ning yangi tahririda jami 5 o‘zgartirish va 4 qo‘shimchalar kiritilgan. Xususan, endilikda sportchilar organizmida aniqlangan anaboliklar tashqi va ichki anaboliklarga ajratilmasligi, glyukokortikoidlarni musobaqadan tashqari hamda musobaqa davrida isteʼmol qilish tartibi o‘zgardi.

“Taqiqlangan ro‘yxat-2022” va unga sharhlar O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi mutaxassislari tomonidan tez kunlarda o‘zbek tilida tayyorlanib sportchilar, murabbiylar va sport shifokorlari eʼtiboriga havola etiladi.

Milliy antidoping agentligi

Matbuot xizmati

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish