eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Federatsiya va assotsiatsiya shifokorlari ishtirokida o‘quv-seminar tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi (O‘zMADA) 2018 yil o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lib, Agentlikning asosiy vazifasi sportchilarning dopingsiz musobaqalarda qatnashish uchun asosiy huquqlarini himoya qilishdir.

Shu maqsadda O‘zMADA, boshqa har qanday antidoping tashkiloti singari, ikkita tubdan farq qiluvchi vazifani o‘z oldiga qo‘yadi.

Birinchi vazifa - jamoatchilikni va sportchilarni antidoping qoidalari to‘g‘risida xabardor qilish, sportda dopingni oldini olishga asoslangan qisqa, o‘rta va uzoq muddatli taʼlim dasturlarini amalga oshirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘lsa, ikkinchi vazifa - testlarni rejalashtirish, o‘tkazish, antidoping qoidalarini buzish holatlarini tekshirish, shuningdek natijalarni qayta ishlash va buzilish faktlari bo‘yicha eshituvlar o‘tkazishdan iborat.

Bugun, Agentlik tomonidan federatsiya va assotsiatsiyalar sport shifokorlari uchun ayni shu masalada o‘quv-seminar tashkil etildi. “2022 yil Taqiqlangan ro‘yxati va terapevtik istisnolar (TUE)” mavzusida tashkil etilgan o‘quv-seminarda Agentlik bosh direktori Nodirjon Tursunov 30 dan ortiq shifokorlarga mavzu yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tdi. Shuningdek, “Taqiqlangan ro‘yxat-2022” ga kiritilgan o‘zgarishlar to‘g‘risida ham tinglovchilar tanishtirib o‘tildi.

Sportchilar turli dori vositalarni isteʼmol qilish yoki davolash uslublarini qo‘llashni talab etuvchi kasalliklar va holatlar bilan xastalanishlari mumkin. Agar ushbu kasallik yoki holatni davolash uchun sportchi Butunjahon antidoping agentligining Taqiqlangan ro‘yxatiga kiritilgan modda yoki uslubdan foydalanishi zarur bo‘lsa, TI rasmiylashtirish orqali sportchi musobaqa davrida zarur bo‘lgan modda yoki uslubdan foydalanishi mumkin bo‘ladi va bu vaziyatda sportchi antidoping qoidabuzarlikda ayblanmaydi hamda tabiiyki unga nisbatan hech qanday jazo chorasi qo‘llanilmaydi. terapevtik istisno ruxsatini olish uchun arizalar agentlik huzurida tashkil etilgan malakali shifokorlardan iborat terapevtik istisnolar bo‘yicha komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi sizlar bilan doimo hamjihatlikda ishlashga tayyor. Qanday masalangiz bo‘lsa bemalol murojaat qilishingiz mumkin”, - dedi N.Tursunov.

Bunday o‘quv-seminarlarni tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad antidoping sohasida ham sport shifokorlarini bilimlarini mustahkamlash hamda Butunjahon antidoping kodeksiga kiritilgan o‘zgarishlar haqida xabardor qilishdan iboratdir.

O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi

Matbuot xizmati

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish