eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Toshkent davlat  pedagogika universitetida dopingning organizmga salbiy taʼsiri to‘g‘risida o‘quv-seminar tashkil etildi

Bo‘lajak chempionlarimiz katta yutuqlarga erishishi, mamlakat bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tarishi uchun tinim bilmay harakat qilishadi. Musobaqalarda halol yo‘l bilan g‘alabaga erish esa eng asosiy vazifa hisoblanishi lozim.

O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi ham sportchilarni dopingsiz, halol g‘alabalarga erishishi uchun federatsiyalar, sport taʼlim muassasalari hamda Oliy taʼlim muassasalarida sport faoliyati bilan shug‘ullanayotgan sportchilar va sport murabbiylariga dopingni inson salomatligiga taʼsiri to‘g‘risida o‘quv-seminarlar tashkil etib kelmoqda.

Jumladan, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat  pedagogika universiteti “Jismoniy madaniyat” kafedrasi talabalari uchun “Dopingning tarixi. Dopingning organizmga salbiy taʼsiri” mavzusida o‘quv-seminar o‘tkazildi.

Mazkur seminarda Agentlikning Antidoping taʼlim dasturlari bo‘limi boshlig‘i Z.Yu.Gaziyeva va bosh mutaxassis L.O.Egamberdiyevalar  sportda doping qo‘llanilishining oldini olish va dopingga qarshi kurashish sohasida yagona davlat siyosatini samarali amalga oshirish, sportda dopingga qarshi kurash to‘g‘risidagi xalqaro konvensiya, Butunjahon antidoping kodeksi va boshqa xalqaro antidoping standartlari talablariga rioya etilishi bo‘yicha qirqdan ortiq sportchi talabalarga maʼlumotlar berishdi.

Shuningdek, doping sportda raqobatbardosh sportchilarning sport ko‘rsatkichlarini oshiruvchi, tananing jismoniy yoki psixologik faolligini vaqtincha oshiruvchi, noqonuniy dori vositalarini qo‘llash, organizmga nojo‘ya taʼsir ko‘rsatadigan va maxsus aniqlash usullari mavjud bo‘lgan biologik faol moddalar, sport ko‘rsatkichlarini majburiy oshirish usullari va ko‘p sonli dori-darmonlar mashg‘ulot yoki musobaqa paytida sportchilar uchun taqiqlangan maqomiga ega ekanligini tushuntirishdi.

Seminar davomida sportchilar doping to‘g‘risida qay darajada tushunchaga ega ekanliklarini aniqlash maqsadida tarqatma testlar ham berildi. O‘quv-seminar yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qilishdi va kerakli tavsiyalarni olishdi.

Unutmang, musobaqalarda halol yo‘l bilan g‘alaba qozonish har bir sportchi oldida turgan eng katta vazifadir!

Milliy antidoping agentligi

Matbuot xizmati

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish