eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

World Triathlon doping sababli Rossiya triatlon federatsiyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi

Maʼlumki, Butunjahon antidoping kodeksining yangilangan 2021 yil tahririda sport turlari bo‘yicha Xalqaro federatsiyalarining antidoping qoidabuzarliklariga yo‘l qo‘ygan o‘sha sport turlari bo‘yicha davlatlardagi milliy federatsiyalariga nisbatan nazorat funksiyalari, masʼuliyati va majburiy javobgarlikka tortish mexanizmi joriy etilgan.

Bu normani Xalqaro triatlon federatsiyasi (World Triathlon) Rossiya triatlon federatsiyasiga tegishli sportchilar bilan bog‘liq doping holatlari ko‘p uchrayotgani sababli qo‘llashga majbur bo‘lgani taʼkidlanmoqda.

Sanksiyalar bir yil muddatga berilgan va bu muddat ichida tashkilot qo‘ygan talablarining bajarilishi yuzasidan Rossiya triatlon federatsiyasi har chorakda hisobot berib turishi lozim bo‘ladi. Sanksiyalar kuchga kirgan davrda Rossiya hududida triatlon bo‘yicha bironta ham xalqaro musobaqa o‘tkazishga ruxsat berilmaydi.

Bundan tashqari, rossiyalik sport mutasaddilari triatlon bo‘yicha Yevropa yoki xalqaro tashkilotlarda lavozimga tavsiya etilmaydi. Shu vaqtgacha egallab turganlari esa lavozimdan ozod etilishlariga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, Rossiya triatlon federatsiyasi World Triathlon ga belgilangan pul jarimasini ham 2022 yil 1 yanvarga qadar to‘lab berishi shartligi taʼkidlangan.

Milliy antidoping agentligi

Matbuot xizmati

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish