Butunjahon antidoping agentligi (WADA) suzish bo‘yicha uch karra olimpiya chempioni xitoylik Sun Yanga qarshi yangi ish qo‘zg‘atdi.
Bunga sabab qilib suzuvchining suv havzasidan olingan fotosurati ko‘rsatildi. Gap shundaki, 30-yoshli sportchi hozirda doping uchun 4-yillik diskvalifikatsiya jazosini o‘tamoqda va bu davr ichida unga mashg‘ulotlarda ishtirok etish man etilgan.
Endi WADA Xalqaro suzish federatsiyasi (FINA) bilan hamkorlikda tegishli tergov-surishtiruv ishlarini olib borib, ushbu holat yuzasidan yakuniy qarorga keladi.