eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Chavandozlardan ham doping-sinamalar olinadimi yoxud ular doping haqida tushunchaga egami?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  qaroriga muvofiq  mamlakatimizda yilqichilik va ot sportini ommalashtirish uchun shart-sharoitlar va infratuzilmani yaratish, mazkur sport turi bo‘yicha yurtimizni xalqaro sport maydonlarida munosib ravishda tanitish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

O‘z navbatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi tomonidan ham mazkur sport turi rivoji yo‘lida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Kuni kecha O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi Antidoping taʼlim dasturlari bo‘limi boshlig‘i Z.Gaziyeva va bosh mutaxassis L.Egamberdiyevalar tomonidan O‘zbekiston  yilqichilik va ot sporti federatsiyasi sport murabbiylari, chavandoz-sportchilar, sport shifokorlari uchun “Doping haqida tushuncha. Doping tarixi” mavzusida o‘quv-seminar o‘tkazildi.

Sportchi-chavandozlarning musobaqalarda shaffof va sof g‘alabalari sari tayyorgarlik davrida o‘tkazilgani bu tadbir ularni yana-da sog‘lom bo‘lib, turli nojo‘ya illatlarga, asoratlarga olib keladigan dopingga qarshi kurashishlariga asos bo‘ladi. Seminar ishtirokchilari doping so‘zining maʼnosi, uning organizmga salbiy taʼsiri va oqibatlari haqida to‘liq maʼlumotlarga ega bo‘lishdi.

Shu bilan birga, doping - sportda raqobatbardosh sportchilarning sport ko‘rsatkichlarini oshiruvchi, tananing jismoniy yoki psixologik faolligini vaqtincha oshiruvchi, noqonuniy dori vositalarini qo‘llash, organizmga nojo‘ya taʼsir ko‘rsatadigan va maxsus aniqlash usullari mavjud bo‘lgan biologik faol moddalar, sport ko‘rsatkichlarini majburiy oshirish usullari va ko‘p sonli dori-darmonlar mashg‘ulot yoki musobaqa paytida sportchilar uchun taʼqiqlangan maqomiga ega ekanligi tushuntirildi.

Ishtirokchilarning doping bo‘yicha va seminar yuzasidan bilimlari test savollariga javob belgilash bilan aniqlandi. Seminar yakunida Agentlik xodimlari sport murabbiylari, sportchi-chavandozlar va sport shifokori tomonidan berilgan savollarga javoblar berishdi.

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish