eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

2022 yilning ilk oyida antidoping sohasida qanday ishlar amalga oshirildi, o‘zbekistonlik sportchilarda doping aniqlandimi?

Jahon sport maydonlarida hamda yurtimizda o‘tkazilayotgan xalqaro musobaqa va turnirlarning boshlanishi bilan sportchilardan doping sinamalar olinadi.

Xo‘sh, o‘tgan bir oy mobaynida mamlakatimiz sportchilari qaysi musobaqalarda qatnashish uchun  doping sinamalarni topshirdi. Bu borada umumiy vaziyat qanday?

Mazkur masala xususida  Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi axborot xizmati rahbari Humoyun Omonov O'zA muhbiri To'lqin Ro'ziyev savollariga quyidagilarni ma’lum qildi.

2022 yilning ilk oyida yurtimiz sportchilari o‘ndan oshiq xalqaro musobaqalarda ishtirok etish oldidan belgilangan me’yor asosida doping sinamalarni topshirishdi.

Muhimi, yanvar oyida hozircha dopingga tushgan yoki qoida buzgan sportchilar aniqlanmadi. Bu, o‘tgan yil davomida hamda joriy yilning ilk kunlarida bir nechta sport turlari bo‘yicha terma jamoa sportchilari bilan olib borilgan tushuntirish ishlari, o‘tkazilgan seminarlar natijasi bo‘ldi, albatta.

Shuningdek, Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) buyurtmasiga ko‘ra, joriy yilning 22-29 yanvar kunlari poytaxtimizda boks bo‘yicha tashkil etilgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida sportchilardan doping-sinamalar olindi.

Qit’a bokschilaridan 35 ta doping-sinama olingan bo‘lib, shundan 23 ta yigitlardan va 12 ta qizlarga to‘g‘ri keldi. Olingan sinamalar Avstriya lavbaratoriyasiga yuborildi. Natijalar 15 kun ichida ma’lum qilinadi.

O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi tomonidan yil davomida mamlakatimizda o‘tkazilishi kutilayotgan 68 ga yaqin sport musobaqalarida 660 ga yaqin doping-sinamalar olish rejalashtirilgan.

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish