eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

O‘zbekiston, Yaponiya Milliy antidoping agentliklari hamda WADA hamkorligi davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, Butunjahon antidoping agentligi (WADA) ning ADEL elektron antidoping taʼlim platformasi ingliz va fransuz tillarida ishlab chiqilgan platforma hisoblanib, sportchilar, sport murabbiylari va sport shifokorlari uchun antidoping o‘quv qo‘llanma hisoblanadi. O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi (O‘zMADA)  WADA bilan bu sohada hamkorlik to‘g‘risida memorandumni imzolagan edi. Unga ko‘ra, WADA ADEL elektron platformasining kontenti O‘zMADA mutaxassislari tomonidan to‘liq o‘zbek tiliga o‘girilib, WADA ADEL platformasiga yuklanadi.

Mazkur yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va qator masalalar yuzasidan WADA, O‘zMADA va JADA (Yaponiya milliy antidoping agentligi) ishtirokida navbatdagi onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. O‘z navbatida O‘zMADA mutaxassislari ayni kunlarda WADA ADEL Butunjahon antidoping agentligining elektron antidoping taʼlim platformasining o‘zbek tilidagi versiyasi ustidan ish boshlashgani va joriy yildanoq o‘zbekistonlik sportchilar, murabbiylar, sport tibbiyoti xodimlari hamda sport tashkilotlarining mutasaddilari ushbu platformadan onlayn foydalanish imkoniyati yaratilishi haqida bayonot berildi.

Shuni alohida taʼkidlab o‘tish joizki, hozirgi kunga kelib mazkur WADA ADEL platformasi ingliz tilidan 14 ta tilga o‘girilgan bo‘lib, Markaziy Osiyo davlatlari ichida davlat tilidagi uning versiyasi mavjud birinchi platforma, Osiyo davlatlari ichida esa - uchinchi platforma bo‘lishi kutilmoqda. Endilikda sportchilarimiz bevosita kompyuter, planshet va mobil telefon orqali istalgan vaqtida antidoping sohasida o‘z bilimlarini onlayn mustahkamlashi va ko‘plab o‘zlarini qiziqtirgan savollariga anonim tarzda batafsil javoblarni topishlari mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, onlayn muloqotda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mongoliya, Tojikiston va Turkmaniston milliy antidoping agentliklarining rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etib, Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari davomida o‘tkazilgan antidoping taʼlim dasturlari tafsilotlari yuzasidan fikr almashishdi.

Maʼlumki, Tokio o‘yinlari doirasida sportchilar uchun 50 dan ortiq onlayn antidoping seminarlari hamda bevosita musobaqalar o‘tkazish joylarida 12 ta maxsus “Outreach” dasturlari o‘tkazilgan. Ularni tashkil etishda JADA va boshqa davlatlarning antidoping agentliklari mutaxassislari ham ishtirok etishdi. Jumladan, O‘zbekiston milliy paralimpiya sport delegatsiyasi tarkibiga safarbar etilgan O‘zMADA bosh direktori, xalqaro toifadagi doping-ofitser Nodirjon Tursunov ham faol ishtirok etib, o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashgan edi.

Milliy antidoping agentligi

Matbuot xizmati

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish