eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Qilichbozlarga antidoping qoidalariga qatʼiy rioya qilinishi bo‘yicha o‘quv-seminar tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi Antidoping taʼlim dasturlari bo‘limi boshlig‘i Zebo Gaziyeva, Terapevtik istisnolar bo‘limi boshlig‘i Gulnoza Tursunova hamda bosh mutaxassis Laylo Egamberdiyevalar tomonidan O‘zbekiston Qilichbozlik federatsiyasi sport murabbiylari,  kadetlar terma jamoasi  qilichboz-sportchilari uchun “Doping tarixi. Dopingning organizmga salbiy taʼsiri”, “Dori moddalarda terapevtik istisnolar” mavzularida o‘quv-seminar o‘tkazildi.

Sportchilarimizning musobaqalarda shaffof va sof g‘alabalari sari tayyorgarlik davrida o‘tkazilgani bu tadbir ularni yana-da sog‘lom bo‘lib, turli nojo‘ya illatlarga, asoratlarga olib keladigan dopingga qarshi kurashishlariga asos bo‘ladi.

Seminar ishtirokchilari “doping” so‘zining maʼnosi, uning organizmga taʼsiri va oqibatlari haqida to‘liq maʼlumotlarga ega bo‘lishdi, shu bilan birga doping sportda - raqobatbardosh sportchilarning sport ko‘rsatkichlarini oshiruvchi, tananing jismoniy yoki psixologik faolligini vaqtincha oshiruvchi, noqonuniy dori vositalarini qo‘llash, organizmga nojo‘ya taʼsir ko‘rsatadigan va maxsus aniqlash usullari mavjud bo‘lgan biologik faol moddalar, sport ko‘rsatkichlarini majburiy oshirish usullari va ko‘p sonli dori-darmonlar mashg‘ulot yoki musobaqa paytida sportchilar uchun taʼqiqlangan maqomga ega ekanligi tushuntirildi. Noqonuniy giyohvand moddalarni isteʼmol qilish oqibatlari orasida yurak-qon tomir, endokrinolog, psixiatrik, metabolik, yuqumli, skelet mushaklaridagi buzilishlar qayd etilgan. Muntazam dopingning eng achinarli oqibati o‘limdir.

Shuningdek, seminar davomida Agentlikning Terapevtik istisnolar bo‘limi boshlig‘i G.Tursunova seminar ishtirokchilariga terapevtik istisno - bu professional sportchiga WADA tomonidan taqiqlangan ro‘yxatdagi taʼqiqlangan moddalarni isteʼmol qilish uchun berilgan ruxsatnoma ekanligi, bunday ruxsatnomalar konsepsiyasi 1990-yillarda paydo bo‘lgani, standart taʼqiqlangan moddalar va noqonuniy Terapevtik usullarning birinchi ro‘yxatini shakllantirish bilan bir vaqtda 2004 yilda WADA qoidalarida mustahkamlanganligi to‘g‘risida tushuntirib o‘tdi.

Maʼlumot uchun aytib o‘tmoqchimiz, agar Antidoping agentligi yoki sport federatsiyasi tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan kamida uchta shifokordan iborat tibbiy kengash sportchining sog‘lig‘i taʼqiqlangan moddalarni qo‘llamagan holda sezilarli darajada yomonlashishini, muqobil davolash yo‘qligini aniqlasa, sportchiga ruxsatnoma beriladi. Belgilangan dozalarda bunday moddadan foydalanish sport ko‘rsatkichlariga sezilarli taʼsir ko‘rsatmasligi komissiyadan tasdig‘ini olgandan so‘ng, sportchilar milliy antidoping agentliklariga murojaat qilishadi, ular belgilangan davolanishga qarab, ularning amal qilish muddatini ko‘rsatadigan  TUE berish to‘g‘risida qaror qabul qilishadi.

Bunday o‘quv-seminarlarni o‘tkazishdan  ko‘zlangan asosiy maqsad doping haqida kengroq tushuncha berish, doping inson organizmiga qanday kirib borishi va sportchilar sport shifokorlari terapevtik istisnolar to‘g‘risida ko‘proq maʼlumotga ega bo‘lishi hamda amaliyotda qo‘llashi yuzasidan maʼlumotlar berishdan iboratdir. Seminar yakunida sportchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va kerakli tavsiyalarni olishdi.

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish