eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Navbatdagi antidoping o‘quv-seminari yengil atletikachilar bilan o‘tkazildi

Barchamizga maʼlumki, doping isteʼmol qilgan sportchilarni deyarli barcha sport turlarida uchratish mumkin.

Lekin, maʼlum bir sport turlari og‘ir atletika, yengil atletika, boks, triatlon va shunga o‘xshash jismoniy mashqlarni ko‘p talab etadigan sport turlarida ko‘plab doping isteʼmol qilgan sportchilarga duch kelamiz.  

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi tomonidan ustuvor hisoblangan federatsiya va assotsiatsiya, sport taʼlim muassasalari sportchilari uchun doping to‘g‘risida tushunchalar berib kelinmoqda.

Jumladan, kuni kecha O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi sportchilari, sport shifokorlari va murabbiylari uchun “Doping tarixi. Dopingning organizmga salbiy taʼsiri”, “Dori moddalarda Terapevtik istisnolar” mavzularida o‘quv-seminar o‘tkazildi. Sportchilarimizning musobaqalarda shaffof va sof g‘alabalari sari tayyorgarlik davrida o‘tkazilgani bu tadbir ularni yana-da sog‘lom bo‘lib, turli nojo‘ya illatlarga, asoratlarga olib keladigan dopingga qarshi kurashishlariga asos bo‘ladi.

Seminar ishtirokchilari “doping” so‘zining maʼnosi, uning organizmga taʼsiri va oqibatlari haqida to‘liq maʼlumotlarga ega bo‘lishdi. Shuningdek, atletlarimizning antidoping sohasida bilimlarini sinab ko‘rish maqsadida maxsus test materiallari ham tarqatildi. Seminar yakunida sportchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va kerakli tavsiyalarni olishdi.

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish