eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Farg‘ona OZK o‘quvchi va murabbiylariga antidoping qoidabuzarlik turlari bo‘yicha maʼlumotlar berildi

Yurtimizda yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishi hamda sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Mamlakat kelajagi hisoblangan yoshlarni har taraflama sog‘lom va barkamol bo‘lib yetishishlari, kelajakda yurt bayrog‘ini yuksaklarga ko‘taradigan avlodni tarbiyalash bizning asosiy vazifamiz hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi xodimlari yosh sportchilarni halol sport ruxida tarbiyalash, ularga doping haqida tushunchalar berish maqsadida hozirda vodiy bo‘ylab xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Kuni kecha Farg‘ona Olimpiya zaxiralari kolleji sportchi o‘quvchilari uchun “Doping tarixi, uning organizmga taʼsiri va asorati. Antidoping qoidabuzarliklar turlari” mavzularida o‘quv-seminar o‘tkazildi. Sportchi yoshlarga to‘liq maʼlumotlar berildi va ularni qiziqtirgan savollariga tegishli javoblar berildi. Seminar davomida ishtirokchilarga maxsus antidoping testlari tarqatildi va yuqori natijalarni qayd etgan sportchilar sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.

Shuningdek, kunning ikkinchi qismida esa mazkur sport taʼlim muassasasida faoliyat olib borayotgan murabbiylar va sport shifokorlari  uchun “Sportchi va murabbiyning majburiyatlari. Antidoping qoidabuzarlik turlari” mavzularida seminar o‘tkazildi.

Bunday seminarlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad  sportchilarni turli nojo‘ya illatlarga, asoratlarga olib keladigan dopingga qarshi kurashishlariga asos bo‘ladi. Seminar yakunida sportchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va kerakli tavsiyalarni olishdi.

 

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish