O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi hamda Turizm va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni uslubiy taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti bilan hamkorlikda 2018 yildan beri institut tinglovchilari uchun antidoping seminarlari o‘tkazib kelinmoqda.
O‘tgan davr mobaynida respublikamizning 80 dan ortiq oliy taʼlim muassasalarining jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat yo‘nalishlarida faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar, 200 dan ortiq sport maktablarining yo‘riqchi-uslubchilari va o‘qituvchi-murabbiylari uchun ko‘chma antidoping seminarlari o‘tkazildi. Bunday tadbirlarni tashkil etishda institut rahbariyati va professor-o‘qituvchilari Agentlik mutaxassislariga yaqindan hamkorlik qilib kelishmoqda.
Navbatdagi antidoping o‘quv-seminari ham mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan 10 ga yaqin viloyatlardan oliy taʼlim muassasalarining professor-o‘qituvchilari malaka oshirish guruhi ishtirokida o‘tkazgan bo‘lib, unda 20 dan ortiq institut tinglovchilari onlayn shaklda ishtirok etishdi. Seminarda Agentlik bosh direktori N.Tursunov taqdimot qilib, tinglovchilarni qiziqtirgan savollariga tegishli tavsiyalarni berdi.