eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Andijon Olimpiya zaxiralari kolleji murabbiy va sport shifokorlariga sertifikatlar topshirildi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi Antidoping taʼlim dasturlari boʻlimi tomonidan 2022-yilning 14-fevral kuni Andijon Olimpiya zahiralari kolleji rahbariyati, sport shifokorlari, sport psixologi va sport murabbiylari uchun “Antidoping qoidabuzarlik turlari” mavzusida seminar oʻtkazildi.

Andijon Olimpiya zaxiralari kolleji murabbiy va sport shifokorlariga sertifikatlar topshirildi

Seminar davomida Antidoping taʼlim dasturlari boʻlimi boshligʻi dotsent Z.Yu.Gaziyeva Butunjahon Antidoping agentligi Kodeksining 2- moddasida “Antidoping qoidabuzarlik turlari” belgilanganligi va ular Sportchi va uning personali uchun muhim qoidaligi haqida taʼkidlab oʻtdi. Antidoping qoidabuzarlik turlari 11 ta boʻlib, ishtirokchilarga ular haqida toʻliq tushuncha berildi.
Jumladan, sportchi namunasida taqiqlangan modda yoki uning metabolitlari yoki markerlarining mavjudligi, sportchilar ularning namunalarida topilgan har qanday taqiqlangan modda yoki uning metabolitlari yoki markerlari uchun javobgardir. Shunga koʻra, qoidabuzarlikni aniqlashda sportchining niyati, aybi, beparvoligi yoki birga turib foydalanishi isbotlanishi shart emas.
Agar taqiqlanganlar roʻyxatida miqdoriy chegara boʻlmasa, sportchi namunasida har qanday miqdordagi taqiqlangan modda yoki uning metabolitlari, markerlari mavjudligi antidoping qoidalarini buzish hisoblanadi.
Sportchi tomonidan taqiqlangan moddadan yoki taqiqlangan usuldan foydalanish yoki foydalanishga urinish:
taqiqlangan moddadan yoki taqiqlangan usuldan foydalanish yoki foydalanishga urinish muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsizlikka olib keladimi, ahamiyatsiz. Taqiqlangan moddadan yoki taqiqlangan usuldan foydalanish yoki foydalanishga urinish antidoping qoidalari buzilganligini aniqlash uchun etarli.
Seminar davomida murabbiylar va sport travmatologi tomonidan savollarga aniq va toʻliq javob berildi. Barcha ishtirokchilar test savollariga javob belgilashdi.
Seminar yakunida Andijon OZK rahbariyati, sport shifokorlari, sport psixologi va sport murabbiylarga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi  huzuridagi Milliy antidoping agentligi Antidoping taʼlim dasturlari boʻlimi tomonidan “Doping tarixi, uning organizmga taʼsiri va asoratlari”, “Antidoping qoidabuzarlik turlari” mavzularida oʻtkazilgan seminar ishtirokchisi” sertifikati taqdim etildi.

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish