Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi Antidoping taʼlim dasturlari bo‘limi tomonidan Namangan Olimpiya zaxiralari kolleji rahbariyati, sport shifokorlari, hamshiralari, sport murabbiylari va sportchi-o‘quvchilar uchun “Antidoping qoidabuzarlik turlari” mavzusida o‘quv-seminar o‘tkazildi.
Seminarda 120 dan ortiq ishtirokchi eʼtiboriga mavzu bo‘yicha slaydlar namoyish etildi.
Antidoping taʼlim dasturlari bo‘limi boshlig‘i dotsent Z.Yu.Gaziyeva Butunjahon antidoping Kodeksining 2-moddasida “Antidoping qoidabuzarlik turlari” qayd etilganligi va sportchi hamda uning personali uchun muhim qoida hisoblanishi haqida taʼkidlab o‘tdi. Antidoping qoidabuzarlik turlari 11 ta bo‘lib, ishtirokchilarga ular haqida to‘liq tushuncha berildi:
-Yashash joyi to‘g‘risida maʼlumot berish tartibini buzish. 12 oylik muddat ichida ro‘yxatdan o‘tgan testlar sportchi tomonidan natijalarni boshqarish bo‘yicha xalqaro standartda belgilangan uchta o‘tkazib yuborilgan testlar va/yoki hisobot berishdagi xatolarning har qanday kombinatsiyasi.
-Bunda nazarda tutilgan ADAMS tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu mashaqqatli nom ortida Butunjahon antidoping agentligining (WADA) dopingga qarshi kurashdagi asosiy vositalaridan biri hisoblanadi. Ushbu tizim internetda joylashgan maʼlumotlar bazasini boshqarish uchun mo‘ljallangan. Har kuni har bir sportchi Milliy test pulida yoki Xalqaro federatsiyaning test pulida joylashgan joy haqidagi maʼlumotlarni to‘ldirishi kerak. Bu doping nazoratchilari istalgan vaqtda sportchi oldiga kelib namuna olishlari uchun qilingan.
-Sportchi Doping-nazorat bo‘limi xodimi uni sinovdan o‘tkazishi mumkin bo‘lgan kunning bir soatini ko‘rsatishi kerak. Bu soat 5 dan 23 soatgacha bo‘lgan oraliqda ko‘rsatiladi. Ushbu “oyna” haqidagi maʼlumotlar imkon qadar batafsil va dolzarb bo‘lishi kerak. Sportchi uni topishi uchun turar-joy nomini, ko‘chani, uy raqamini, kirish eshigi kodini - hamma narsani ko‘rsatishi lozim.
Seminar davomida Namangan OZK rahbariyati, sport shifokorlari, hamshiralari, sport murabbiylari va sportchi-o‘quvchilar tomonidan savollarga aniq va to‘liq javob berildi. Agentlik tomonidan olib kelingan tarqatma materiallar va broshyuralar berildi.