Butunjahon antidoping agentligi (WADA) 2022-2023 yillarda navbatdagi Muvofiqlik monitoringini amalga oshiradi.
Ushbu monitoring Milliy antidoping agentliklari, Xalqaro sport federatsiyalari, antidoping laboratoriyalari tomonidan Butunjahon antidoping kodeksi talablariga rioya etishi, ularning faoliyati Kodeks va WADA Xalqaro standartlariga muvofiqligini baholaydi va darajasini aniqlaydi.
Bu maqsadda monitoring o‘tkazishdan avval unga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan tushuntirish berish uchun WADA vitse-prezidentlari Richard Grisdeyl va Kevin Xeynslar barcha antidoping tashkilotlari rahbarlari bilan onlayn uchrashuv tashkil etishdi. Mazkur uchrashuvda bo‘lajak monitoring jarayonining borishi bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalarga to‘xtalib o‘tildi.
Barcha davlatlar ularning sportchilari erishgan sport natijalariga ko‘ra shartli ravishda ikkita - A va B guruhlariga ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi A guruhidan (yuqori sport natijalariga erishgan davlatlarning birinchi 50 taligi) joy olgan.
Milliy antidoping agentligi
Matbuot xizmati