eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Hurmatli sportchilar! Ishonchsiz mahsulotlarni isteʼmol qilishda ogoh bo‘ling!

“BIOLOGIK FAOL QO‘SHIMCHALAR (BADlar) DORI VOSITASI HISOBLANMAYDI!”

Respublika Sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan Biologik faol qo‘shimchalar yuzasidan muhim tushuntirish berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi xizmati mutaxassislari tomonidan biologik faol qo‘shimchalar (BFQ, yoki “biologicheski aktivniye dobavki (BAD)” o‘rganilganda, ushbu mahsulotlar funksional ovqatlanish mahsulotlari hamda profilaktik oziq-ovqat mahsulotlari ekanligi maʼlum bo‘ldi. Ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarishga qo‘yiladigan gigiyenik talablar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2019 yil 6 iyunda tasdiqlangan 0367-19-sonli «Funksional, shifobaxsh (parhez) va profilaktik ovqatlanish mahsulotlari ishlab chiqarish va muomalasiga qo‘yiladigan gigiyenik talablar» to‘g‘risidagi sanitariya qoidalari va meʼyorlarida belgilangan.

Ushbu hujjatga ko‘ra:

-      funksional ovqatlanish mahsulotlari – ovqatlanish bilan bog‘liq kasalliklar rivojlanishi xavfini kamaytirish hamda (yoki) oziqlantiruvchi moddalar tanqisligini to‘ldirish, oldini olish, salomatlikni saqlash va yaxshilashga yo‘naltirilgan funksional ingrediyentlardan tarkib topgan tabiiy ovqatlanish mahsulotlari;

-      profilaktik ovqatlanish oziq-ovqat mahsuloti – tabiiy tarkibiga nisbatan alohida moddalar tarkibi va (yoki) mutanosibligi o‘zgartirilgan va (yoki) tarkibida avvaldan bo‘lmagan moddalar yoki komponentlar kiritilgan uglevod, yog‘, oqsil, vitamin va boshqa moddalar almashinuvini tartibga solish uchun mo‘ljallangan maxsus oziq-ovqat mahsuloti, shuningdek, kasb kasalliklari rivojlanishi xavfini kamaytirish uchun mo‘ljallangan oziq-ovqat mahsuloti.

Ommaviy axborot vositalari orqali uzatilayotgan ayrim reklamalarda isteʼmolchilarni chalg‘ituvchi maʼlumotlardan foydalanilayotganligi sababli aholi orasida tushunmovchiliklar, xususan, BFQ (BAD) larni dori vositasi sifatida, qaysidir bir kasallikdan davolanish yoki forig‘ bo‘lish maqsadida qabul qilish holatlari kelib chiqmoqda.

Shu sababli, tushuntiramizki, biologik faol qo‘shimchalar (BFQ/BADlar) baʼzi ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ibotchilar tomonidan  taʼkidlanayotganidek, davolovchi taʼsirga ega emas, negaki, uning tarkibidagi biologik faol moddalar miqdori (dozasi) davolash uchun mo‘ljallangan terapevtik dozaga nisbatan bir necha barobar past bo‘lib, asosan organizmning ozuqaviy moddalarga (nutriyentlarga) bo‘lgan sutkalik fiziologik ehtiyojini taʼminlashga qaratilgan.

Eslatib o‘tish joizki, BFQ/BADlarning taʼsirini kuchaytirsh maqsadida ular tarkibiga qo‘shilgan ayrim moddalar sportchilar isteʼmol qilishi taqiqlangan moddalar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lishi mumkin. Bunday moddalar mavjudligi haqida maʼlumotni mahsulot yorliqlarida aks ettirish talabi BFQ/BAD ishlab chiqaruvchilari oldiga qo‘yilmagan.

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish