eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

O‘zaro hamkorlik borasida memorandum imzolandi

Navbatdagi kelishuv memorandumi O‘zbekiston milliy antidoping agentligi va Toshkent shahar suv sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi o‘rtasida tuzildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan federatsiya (assotsiatsiya), sport taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan holda samarali faoliyat olib bormoqda va hamkorlik shartnomalarini tuzmoqda. Bundan bir necha kun oldin O‘zbekiston milliy antidoping agentligi Xalqaro kurash instituti bilan hamkorlikda ishlash bo‘yicha kelishuv memorandumini imzolagan edi.

Navbatdagi kelishuv memorandumi O‘zbekiston milliy antidoping agentligi va Toshkent shahar suv sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi o‘rtasida tuzildi. Mazkur marosimda Agentlik Bosh direktori Nodirjon Tursunov va sport maktabi direktori l.Xikmatova hamda tomonlar masʼul xodimlari ishtirok etishdi. Tomonlar sohada olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida o‘zaro fikr almashishdi va hamkorlik memorandumini imzolashdi.

Ushbu hamkorlik o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari, sport musobaqalarini tashkil etishda doping qo‘llanishining oldini olish va dopingga qarshi kurashish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, Butunjahon antidoping kodeksi, xalqaro antidoping standartlariga asoslangan milliy antidoping qoidalari hamda normativ-huquqiy hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash, shuningdek, doping nazoratining samarali tizimini, sportda farmakologik taʼsir ko‘rsatuvchi dori vositalari va boshqa moddalar qo‘llanishini nazorat qilish dasturlari va uslublari, sportchilar va sport tashkilotlari uchun ishlab chiqilgan intizomiy reglamentga rioya qilishni o‘z ichiga oladi.

Qolaversa, kelishuvdan ko‘zlangan maqsad sport taʼlim muassasasida faoliyat olib borayotgan tibbiy xodimlarining malakasini oshirishga ko‘maklashish, ularga sportda doping qo‘llanishining oldini olish va antidoping nazoratini amalga oshirish borasida uslubiy yordam ko‘rsatish, antidoping taʼlim dasturlarini amalga oshirish, sog‘lom va halol sportni targ‘ib qilishdir.

Shuningdek, memorandumda taqiqlangan moddalar va uslublar qo‘llanishining oldini olish bo‘yicha axborot va taʼlim dasturlarini amalga oshirish choralarini ko‘rish, sportda farmakologik taʼsirga ega dori preparatlari va boshqa moddalardan qonuniy foydalanish borasida sportchilar, trenerlar, tibbiyot va boshqa mutaxassislarning huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish tadbirlarini o‘tkazish, sport maktabida antidoping nazorati sohasida qo‘shma tadbirlar tashkil etish va tajriba almashish orqali o‘zaro samarali hamkorlikni taʼminlashga kelishib olindi.

Milliy antidoping agentligi

Matbuot xizmati

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish