eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Agentlik bosh direktori navbatdagi antidoping o‘quv-seminarini o‘tkazdi

Sportni rivojlantirish vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini ilmiy-metodik taʼminlash va malakasini oshirish institutida navbatdagi antidoping seminari o‘tkazildi.

Maʼlumki, O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi hamda Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini ilmiy-metodik taʼminlash va malakasini oshirish instituti yo‘riqchi-uslubchilar va olimpiya, noolimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha murabbiylarga dopingga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarini tashkil etish va o‘tkazish borasida uzoq muddatli hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.

Kuni kecha Agentlik mutaxassislari ushbu Institut tinglovchilari Toshkent shahar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Andijon, Buxoro, Samarqand, Navoiy va Toshkent viloyati bolalar va o‘smirlar sport maktablari yo‘riqchi-uslubchilari uchun "Zamonaviy sportda doping muammosi, uning sabablari va oqibatlari" mavzusida antidoping taʼlim seminarini o‘tkazishdi.

Seminarda Agentlik bosh direktori N.Tursunov maʼruza qildi. Taqdimotning ikkinchi qismi davra suhbati va savol-javoblar shaklida qizg‘in davom etdi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga ko‘rgazmali va axborot materiallari tarqatilib, Agentlikning aloqa maʼlumotlari (tel. +99895 1996601, 1995501; www.uznada.uz veb-sayti va Telegram, Instagram va Facebook ijtimoiy tarmoqlaridagi #antidoping.uz kanallari) tavsiya etildi.

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish