eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Lashmanova London-2012 oltin medalidan mahrum etildi

World Athletics Xalqaro yengil atletika federatsiyasi rossiyalik sportcha yurish sportchisi Yelena Lashmanovani doping qoidabuzarligida aybdor deb topdi. Endi Lashmanova London-2012 olimpiada hamda Moskva-2013 Jahon chempionati oltin medallarini qaytarib berishi lozim. Bu mukofotlar unga 20 km masofada sportcha yurishda erishgan natijalari uchun berilgandi.

World Athletics Xalqaro yengil atletika federatsiyasi rossiyalik sportcha yurish sportchisi Yelena Lashmanovani doping qoidabuzarligida aybdor deb topdi. Endi Lashmanova London-2012 olimpiada hamda Moskva-2013 Jahon chempionati oltin medallarini qaytarib berishi lozim. Bu mukofotlar unga 20 km masofada sportcha yurishda erishgan natijalari uchun berilgandi. Diskvalifikatsiya muddati 14-mart kunidan boshlanib 2 yil davom etadi. Lashmanovaning 2012-yil 18-fevraldan 2014-yil 3-yanvarga qadar qoʻlga kiritgan sport natijalari bekor qilindi.Eslatib oʻtamiz, Yelena Lashmanova sportcha yurish dissiplinasida oʻz vaqtida “daho” va “muhtasham” deb eʼtirof etilgan, keyinchalik esa “doping-maktabi”ni yaratganligi va 56 ta sportchida doping qoʻllash orqali “shon-shuhrat”ga erishgani uchun umrbod diskvalifikatsiya qilingan murabbiy Viktor Cheginning shogirdlaridan biri.Lashmanovadan olingan doping-sinamada GW501516 moddasining metabolitlari aniqlangan. Bu gen dopingi hisoblanmish metabolizm modulyatori boʻlib, inson salomatligi uchun oʻta xavfli va onkologik kasalliklarini keltirib chiqaradi. Shuning uchun ushbu moddaning qoʻllanilishi Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan taqiqlangan boʻlib, uni faqat “qora” bozorda topish mumkin.

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish