Maʼlumki, bugun Toshkent shahrining markaziy koʻchalarida turli marafon masofalariga yugurish boʻyicha ommaviy sport tadbiri boʻlib oʻtdi. Mazkur musobaqa barcha sport muxlislari, professional va ommaviy sport vakillarini jamlab, katta bayram koʻrinishida boʻlib oʻtdi.

Xususan, uning ahamiyatli jihati shuki, ushbu marafonning chinakam xalqaro mavqeini taʼminlash uchun unda doping-nazoratini tashkil etish zarur edi. Shu maqsadda World Athletics Xalqaro yengil atletika federatsiyasining tanloviga koʻra, Toshkent Xalqaro Marafon-2022 davomida doping-nazoratini amalga oshirish Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligiga ishonib topshirildi.
Musobaqa davomida Agentlik doping-nazoratchilari tomonidan buyurtmaga asosan gʻolib sportchilardan jami 6 ta turdagi doping-sinamalar olindi. Tadbir yakunida World Athletics Xalqaro yengil atletika federatsiyasi texnik direktori Adre Xeyns tashkilot nomidan Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligi va uning mutaxassislariga samimiy minnatdorchilik bildirib, kelgusida mamlakatimizda yengil atletika sport turlari boʻyicha boʻlib oʻtadigan xalqaro musobaqalarida Agentligimiz bilan hamkorlikni davom etish niyatini bildirdi.
Milliy antidoping agentligi
Matbuot xizmati