O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini taʼminlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–6247-sonli qarorining ikkinchi bandiga muvofiq davlat organlari va tashkilotlari o‘z faoliyatiga oid hisobotni keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilish uchun matbuot anjumanlarini o‘tkazish belgilangan.
Shu munosabat bilan bugun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi tomonidan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida ommaviy axborot vositalari xodimlari va keng jamoatchilik ishtirokida “O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi tomonidan 2021-yilda amalga oshirilgan ishlar hisoboti va kelgusidagi istiqbolli rejalar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Matbuot anjumanida mutasaddilar o‘tgan yil davomida erishilgan yutuqlar va kelgusida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan rejalar haqida maʼlumot berishdi. O‘z navbatida jurnalistlar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollariga yetarlicha javoblar olishdi.