O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarini bajarishda davom etmoqda.
Mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan sport federatsiya va assotsiatsiya sportchilari va murabbiylari uchun rejaga muvofiq antidoping o‘quv-seminarlari o‘tkazib kelinmoqda.
Agentlikning Antidoping taʼlim dasturlari bo‘limi boshlig‘i dotsent Z.Yu.Gaziyeva tomonidan yaqindagina Xiva shahrida bo‘lib o‘tgan mamlakat birinchiligida saralab olingan og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar terma jamoasi aʼzolariga “Antidoping qoidabuzarlik turlari" mavzusida o‘quv-seminar o‘tkazildi.
O‘z tarkibiga yangi iqtidor egalarini qo‘shib olgan terma jamoa murabbiylari katta musobaqalar oldidan sportchilarga doping tushunchasini chuqurroq singdirish maqsadida taklif qilishdi. Sababi bu terma jamoa sportchilari yaqin kelajakda mamlakat sharafini xalqaro musobaqalarda himoya qiladigan atletlar sanaladi.
Shunday ekan, hozirdan bu polvonlarga jismoniy mashqlar bilan birgalikda doping haqida nazariy bilimlarini ham oshirish talab etiladi. Bu borada esa O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi barcha federatsiya va assotsiatsiyalar bilan hamkorlikda o‘quv-seminarlarini o‘tkazishga doimo tayyor!